"Jasorat - millat g'ururi va iftixori" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Vatan ! Bu soʻz inson tug'ilibdiki barchaning qalbidan oʻchmas joy egallaydi.Vatanimizning tinchligi osoyishtaligini taʼminlashda kecha-yu kunduz xizmat qilib kelayotgan Vatan himoyachilarining ham oʻrni beqiyos.Yurtimizda har yili 14- yanvar "Vatan himoyachilari kuni" keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan bugun Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 2- umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4"A" sinf rahbari Shoxista Xolmurodova bilan hamkorlikda "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" mavzusida tadbir tashkil qilindi.Tadbirda faol kitobxon oʻquvchilar ishtirokida turli ko'rinishlar, qiziqarli shartlar, bolajonlar tayyorlab kelgan she'rlari va goʻzal raqslaridan namoyishlar taqdim qilindi. Jumladan "Soʻz terish "," Qiziqarli topishmoqlar", "Matematikaga oid topqirlik" oʻyinlari koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilib, qizaloqlari bayramona qoʻshiqqa namoyish etgan raqslari barchaga manzur boʻldi.Tadbir soʻngida Sinf rahbari Sh.Xolmurodova va tashrif buyurgan oʻquvchilarning onalari barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklab oʻtdilar.




