“Jamiyatda inson huquqlari o‘rni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining faol o‘quvchilari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida “Jamiyatda inson huquqlari o‘rni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Barcha odamlar erkin, qadr‐qimmat va huquqlarda teng boʻlib tugʻiladilar. Ular aql va vijdon sohibidirlar va bir‐birlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur. Ushbu davra suhbatida shu kabi fikr mulohazalar o'rtaga tashlandi va o'quvchilarning fikri o'rganildi.Maktab o'quvchilari ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.Davra suhbatida 21 nafar o'quvchi ishtirok etdi.