“Jajji kitobxonlar — kelajak bunyodkorlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat Munis nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 15-aprel sanasida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning uchinchi kuni doirasida rejalashtirilgan “Jajji kitobxonlar — kelajak bunyodkorlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy sayohat Munis nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir jarayonida kutubxonachilar tomonidan bolalarning qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida rasmli topishmoqlar o‘yini tashkil etildi. Ushbu o‘yin bolajonlarning nafaqat bilimini, balki ularning topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazdi. Kichkintoylar rasmlarda aks etgan ertak va multfilm qahramonlarini katta qiziqish bilan topib, o‘zlarining bilimdon va zukko ekanliklarini namoyon etdilar.
Sayohat davomida bolalar uchun yaratilgan samimiy muhit, qiziqarli o‘yinlar va boy kitob olami ularda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida bolajonlarning yuzidagi quvonch va mamnuniyat ularning kitobga bo‘lgan qiziqishi ortganidan dalolat berdi.
Mazkur sayohatda jami 40 nafar bolajon faol ishtirok etib, ular uchun bu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.


