“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi
14-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyulda “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganib, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda qotog'on qurbonlarini yod etish maqsadida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Davra suhbatida yig'ilganlarga qotog'on qurbonlarining ayanchli qismatlari va vatan oldidagi burchlarini bajarganligi ular bizga ozod,mustaqil vatan qoldirganligi haqida so'zlab berildi.Shundan so'ng kutubxonachi ko'rgazmaga qo'yilgan kitoblar bilan yaqindan tanishtirib o'tdi.Davra suhbatida ishtirok etayotganlar qatog'on qurbonlari haqida anchagina ma'lumotga ega bo`ldilar.Davra suhbatida 10 ta ishtirokchi qatnashdi.
