“Jadidlar – millat qahramonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 22-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Do‘stlik tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Jadidlar – millat qahramonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚Mazkur tadbirda jadidchilik harakati namoyandalari, ularning millat ravnaqi, ma’rifat va istiqlol yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga jadidlarning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishdagi o‘rni haqida muhim ma’lumotlar berildi.
🔖Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javoblar tashkil etilib, mavzu yuzasidan qizg‘in munozaralar olib borildi. Tadbir ishtirokchilarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


