“Jadidlar merosi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida jadid bobolarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Jadidlar merosi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📙📗Ko‘rgazmadan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi jadid namoyandalarining hayoti, ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyatiga oid kitoblar hamda asarlar o‘rin oldi.
📖Mazkur ko‘rgazma orqali kitobxonlar jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, taraqqiyot, millat ravnaqi va ozodlik yo‘lidagi ezgu g‘oyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.


