"Jadidlar ma'rifat darg'alari'' nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, aholi ishtirokida "Jadidlar ma'rifat darg'alari'' nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho'lpon, Abdurauf Fitraf, Alixonto'ra Sog'uniy kabi jadidchilik asoschilarining hayot yo'li yoritib berildi. kitobxonlarning Shuningdek ishtirokchilar ham bu jadidlar haqida oʻzlarining fikr mulohazalarini bayon etdilar. Qolaversa Abdulhamid Cho'lponning bir necha she'rlaridan parchalar oʻqildi. Ushbu davra suhbatiga 10 nafar kitobxon aholi jalb etildi.



