"Jadidchilik harakati asoschisi" nomli davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 15-sentabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining faol kitobxon oʻquvchi yoshlari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, maʼrifatparvar olim, yozuvchi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Jadidchilik harakati asoschisi" nomli davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbati davomida adibning namunali hayot yoʻli, ilm maʼrifat yoʻlidagi fidoyiligi haqida qizgʻin bahs munozara tashkil qilindi.Shu bilan birga Behbudiyning tanlangan asarlar kitobi va jadid adabiyoti durdonalaridan bir nechta asarlar mazmuni yoritib berildi.Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.Tadbirda 15 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.



