"Jadidchilik harakati asoschisi" nomli davra suhbati hamda jadid adabiyotining yetuk namoyondalari asarlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, maʼrifatparvar olim, yozuvchi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Jadidchilik harakati asoschisi" nomli davra suhbati hamda jadid adabiyotining yetuk namoyondalari asarlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.Davra suhbati davomida adibning namunali hayot yoʻli, ilm maʼrifat yoʻlidagi fidoyiligi haqida qizgʻin bahs munozara tashkil qilindi.Shu bilan birga koʻrgazmadagi jadid adabiyoti durdonalaridan bir nechta asarlar yosh kitobxonlarga tanishtirildi va mazmuni yoritib berildi.Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.Tadbirda 27 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.



