"Jadid adabiyotining yirik namoyondasi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 19-may kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 14-maktabning 8 -sinf oʻquvchilari ishtirokida "Jadid adabiyotining yirik namoyondasi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Bunda Jadid adabiyotining yirik vakili Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va ijodi soʻzlab berildi va boshqa jadid adabiyotiga ulkan hissa qoʻshgan yozuvchi va shoirlar haqida suhbat qilindi.Davra suhbati soʻngida o'quvchilarga mavzuga oid savollar berilib faol ishtirok etgan oʻquvchilarga oʻquv qoʻllanmalar kitobchalari taqdim qilindi.Davra suhbatida 15 nafar oʻquvchilar faol qatnashdilar.