"Jadid adabiyotining durdonalari" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 6-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Jadid adabiyotining durdonalari" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Tadbir davomida oʻquvchilarga Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdurashidxon kabi jadid namoyondalarining hayoti va boy madaniy merosi, asarlari haqida ham umumiy maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek oʻquvchilar ham oʻzlari qiziqtirgan savollar yuzasidan oʻzaro fikrlar almashib, jadid namoyondalari haqida bilmagan ma'lumotlarga ega boʻlishdi. Davra suhbati qizg‘in tus olib 22 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.