Ixtisoslashtirilgan maktabning namunaviy koʻchma kutubxonasi asosida "Millatning bebaho xazinasi " nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar-IV forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktabning namunaviy koʻchma kutubxonasi asosida "Millatning bebaho xazinasi " nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.Koʻrgazmada kitoblar yaqindan tanishtirildi. Tashkil qilingan ko'rgazmaga 50 dona eng sara kitoblar qo'yildi. 15 nafar ishtirokchi kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdi.