Ixtisoslashtirilgan maktabning eng faol kitobsevar o'quvchilari ishtirokida "Ulug'imsan Vatanim" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan maktabning eng faol kitobsevar o'quvchilari ishtirokida "Ulug'imsan Vatanim" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. Ushbu kechada ustoz va o'quvchilar ishtirokida shoirning bir biridan go'zal she'rlaridan na'munalar o'qishdi. Shu bilan birga shoirning hayoti va ijodidan ma'lumotlar berildi. Savol-javob qiziqarli viktorina o'yinlari o'tkazildi.