Ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi.
2024-yil 10-sentabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Sayohat davomida 15 nafar kitobxon kutubxonaning yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.