Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida " Xotira muqaddas " nomli davra suhbati tashkil etildi .
Do'stlik tuman axborot -kutubxona markazida 9- may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirokida " Xotira muqaddas " nomli davra suhbati tashkil etildi . Davra suhbati davomida xodimlar tomonidan 2-jahon urushining suroniy yillari, qurbon boʻlgan ajdodlarimiz haqida ma'lumotlar berilib, oʻtganlarni xotirlab yodga olishdi. Shuningdek Xotira haqida she'rlar va Sharof Rashidov hayoti haqida ma'lumotlar berib oʻtildi. Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi. Tadbirda 14 nafar oʻquvchi va ustozlar ishtirok etishdi.