Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilar ishtirokida Zakovat intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilar ishtirokida Zakovat intellektual o‘yini tashkil qilindi. Zakovat intellektual o‘yinida " Iqtidorlilar" va "Afsona" guruhlaridan tashkil topgan 2 jamoa a'zolari oʻzaro bellashdilar. O‘yin davomida qiziqarli savollarga oʻquvchilar oʻz bilimlariga tayangan holda munosib javoblar berdilar va yakunda Afsona jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.