"Iste'dodli yoshlar maydoni" loyihasi asosida "Zakovat" intellektual tanlovini tashkil qildi.
Joriy yilning 14 - noyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tumandagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Iste'dodli yoshlar maydoni" loyihasi asosida "Zakovat" intellektual tanlovini tashkil qildi. Tanlovda maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar maktabning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.