Ismoil ✍G‘aspiralining "Xotinlar o‘lkasi" asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
"Mutolaa va tafakkur uchrashuvi: “Xotinlar o‘lkasi” asari taqdimoti" Joriy yilning 18-iyul sanasida Do‘stlik tuman
🏛Axborot-kutubxona markazi tomonidan amalga oshirilayotgan "Ko‘chma kutubxona" loyihasi doirasida Do‘stlik tuman Ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonada faol kitobxonlar ishtirokida qrim-tatar ma'rifatparvari, adib va jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Ismoil
✍G‘aspiralining "Xotinlar o‘lkasi" asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ma'rifatparvar ajdodlarimizning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish hamda kitobxonlarni chuqur mushohada yuritishga undashdan iborat bo‘ldi.
Taqdimot davomida kutubxona mutaxassislari Ismoil G‘aspiralining hayoti va ijodiy faoliyati, uning turkiy xalqlar ma'rifati yo‘lidagi xizmatlari hamda "Xotinlar o‘lkasi" asarining yaratilish tarixi va g‘oyaviy mazmuni haqida batafsil ma'lumot berdilar. Asarda jamiyat taraqqiyoti, ilm-ma'rifatning o‘rni, ayollarning ta'lim olishi va ijtimoiy hayotdagi faolligi badiiy va falsafiy qarashlar asosida yoritilgani alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida ichki ishlar bo‘limi xodimlari asarni katta qiziqish bilan muhokama qilib, unda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Kitobxonlar asarda aks etgan voqealar bugungi jamiyat uchun ham dolzarb ekanini ta'kidlab, ilmli va ma'rifatli jamiyatni barpo etishda kitobning o‘rni beqiyos ekanligini e'tirof etdilar.
🔖Taqdimot yanada qiziqarli va interaktiv ruhda o‘tishi uchun kitobxonlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi:
Ismoil G‘aspirali ushbu asar orqali kitobxonga qanday asosiy g‘oyani yetkazishni maqsad qilgan?
Asarda ayollar ta'limi va jamiyatdagi o‘rni qanday talqin etilgan?
"Xotinlar o‘lkasi" asaridagi g‘oyalar bugungi kun hayoti bilan qay darajada hamohang?
Sizningcha, ma'rifatli jamiyatni barpo etishda kitob va mutolaaning o‘rni qanday?
Asardagi qaysi voqea yoki qahramon sizda chuqur taassurot qoldirdi va nima uchun?
📌Savollar yuzasidan kitobxonlar o‘z fikrlarini erkin bayon etdilar, asarning mazmun-mohiyati haqida qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi. Uchrashuv samimiy ruhda yakunlanib, ishtirokchilar kelgusida ham ko‘chma kutubxona doirasida shunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligini ta'kidladilar.



