" Islom Karimov - Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi " shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.
Joriy yilning 30- yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludining 87 yilligiga bag'ishlab " Islom Karimov - Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi " shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. Dastlab ishtirokchilarga Islom Karimovning O'zbekiston mustaqilligiga erishishda ko'rsatgan jonbozligi, Istiqlolni mustahkamlash yo'lida olib borgan ishlari haqida ma'lumot berib oʻtildi, shundan so'ng Zakovat intellektual o'yiniga start berildi. Bellashuvda 13 - maktabning Ustozlar jamoasi , 20 - maktabning Zukkolar jamoasi, tuman Ixtisoslashtirilgan maktabning Intellekt jamoasi , Do'stlik IIB ning Qalqon jamoasi, Do'stlik TTB ning Jonkuyarlar jamoasi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalaridan iborat Yosh talabalar jamoalari oʻzaro bellashishdi. Bellashuv juda qizg'in va murosasiz bo'lib o'tdi va yakunda 1- o'rinni 20-maktabning "Zukkolar" jamoasi, 2 - o'rinni 13 - maktabning "Ustozlar" jamoasi, 3 - o'rinni Do'stlik TTBning "Jonkuyarlar" jamoasi egallashdi .Bellashuv yakunida barcha jamoalarga diplom va estalik sovg'alar topshirildi.