"Inson qalbining kuychisi'' nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Do'stlik tuman-axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-umumiy oʻrta ta'lim maktabining faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida O'zbekiston xalq yozuvchisi O'lmas Umarbekov tavalludining 92 yilligiga bag'ishlab "Inson qalbining kuychisi'' nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida O'lmas Umarbekovning hayot yo'li va ijodi haqida oʻquvchilarga ma'lumotlar berildi. So'ngra har bir kitobxon uchun eng mashhur asaridan biri bo'lgan "Odam bo'lish qiyin" asari keng yoritib berildi. Asar haqida o'quvchilar oʻzlari qiziqqan savollariga javob oldilar. Davra suhbatida 24 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.


