" Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas " shiori ostida xotira kechasi tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9 - may " Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan " Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas " shiori ostida xotira kechasi tashkil qilindi. Xotira kechasida urush qatnashchilari, mehnat faxriylari, faol kitobxon o'quvchilar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirok etdi. Xotira kechasi avvalida Do‘stlik tuman axborot kutubxona markazi xodimi Baxtiyor Sattorov so‘zga chiqib qatnashchilarga ikkinchi jahon urushi haqida, urush qatnashchilari, tinchlikni ulug‘lash haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan askar maktublari nomli chiqish tashkil etildi. Shu bilan birga o'quvchilar tomonidan chiroyli raqs va she'rlar ijro qilindi. Tadbir so‘nggida faxriylar tomonidan tinchikni ulug‘lash, vatanni qadrlash haqida suhbat tashkil qilinib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.