"Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 22-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Ultimatum" oʻquv markazining faol kitobxonlari ishtirokida "Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Dastlab oʻquvchilarga mavzu doirasidan qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtildi. Soʻng oʻquvchilarning ham fikrlari tinglandi. Davra suhbatida 10 nafar faol kitobxonlar ishtirok etdi.



