" Inson huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyati" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari "INFOLIB OʻZBEKISTON -2024" XIII Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari- yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!" Yosh kutubxonachilar-IV forumi oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 24-oktyabr sanasida haftalik doirasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining faol o‘quvchilari uchun " Inson huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyati" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Bunda O'zbekiston Respublikasining 2023- yil 1- mayidan kuchga kirgan yangi konstitutsiyasi haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda 35 dona kitob va 24 nafar faol o‘quvchi ishtirok etdi.