" Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta'lim va inovatsiyalar " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatdagi huquqiy maqomini, iqtisodiy , ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda da'volarini tavsiflovchi tushuncha, inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Shu boisdan ham Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 4 - dekabr sanasida Adliya boshqarmasida aholi o'rtasida " Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta'lim va inovatsiyalar " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida inson huquqlari borasida kitobxon aholiga keng tushunchalar berib o`tildi. Shuningdek shu mazmundagi kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilinib, o`qish uchun tavsiya qilindi.