"Inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat" deb nomlangan munozara kechasi tashkil qilindi.
Inson huquqlari bu har bir insonning tug'ilgandan boshlab ega bo'ladigan tabiiy va ajralmas va teng huquqlaridir. Ular millat ,irq, jins, til, din, e'tiqod yoki boshqa farqlardan qat'iy nazar hamma uchun bir xil amal qiladi. Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-dekabr "Inson huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat" deb nomlangan munozara kechasi tashkil qilindi.Tadbir avvalida inson huquqlari haqida bahs munozara tashkil qilinib, qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Shu bilan birga inson huquqlari bilimdoni nomli savol-javob o'yinlari ham bo'lib o'tkazildi.Tadbirda 12 nafar kitobxon faol ishtirok etdi.