"Inson huquqlari oliy qadriyat" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-yanvar sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida "Inson huquqlari kuni" munosabati bilan "Inson huquqlari oliy qadriyat" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar koʻrgazmasi ham tashkil qilinib, unda Yangi Konstitutsiya kitobi haqida ma'lumot berib o‘tildi. Shuningdek oʻquvchilar ham oʻzlari qiziqtirgan savollari bilan fikrlar almashishdi.Davra suhbatida 10 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.