"Inson huquqlari oliy qadriyat" nomli davra suhbati tashkil etildi.
"Kitob — bilim manbai" deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida "Inson huquqlari oliy qadriyat" nomli davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida siyosiy adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilinib, koʻrgazmadan joy olgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari haqida ma'lumotlar berib oʻtildi. Mazkur tadbirga 25 nafar talaba yoshlar jalb etildi



