" Inson huquqlari bolalar nigohida " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Inson huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari bo'lib qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka tegishli bo'lmasin hamma uchun bir xildir. Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan " Inson huquqlari " loyihasi doirasida bugun 1 - dekabr sanasida faol kitobxon o`quvchilar ishtirokida " Inson huquqlari bolalar nigohida " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilariga "Inson qadri" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi hamda huquqiy savol-javob va adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.