“INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy Axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining faollar zalida 31-oktyabrdan—4 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan “INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy Axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimini tashkil qilindi. Haftalikning ochilish marosimida Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi Do`stlik tuman bo`linmasi rahbari M.Ismoilov,Xalq ta`limi bo`limi mas`ul xodimi S.Qayumova,Yoshlar ishlari Agentligi mas`ul xodimi R.Elmurodov hamda Mahalla yoshlar yetakchilari,faol kitobxonlar ishtirok etdi.Tadbirni M.Ismoilov tabrik so`zi bilan ochib berdi. So`ng haftalik davomida bo`lib o`tadigan tadbirlarga start berildi.