Ilhom Qahhorning" O'qing faqat yig'lamang" kitobi taqdimoti tashkil etildi
Kitob, tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida kishi ruhini tarbiyalaydi ,chunki u inson hayotida alohida o'ringa ega, yaxshi kitob kitobxonga ma'naviy ozuqa beradi , vatanga muhabbat, yaxshilik va ezgulikka undaydi. Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon onalar ishtirokida " Kitoblarda xalqning ma'naviy merosi " nomli davra suhbati tashkil etildi . Davra suhbati davomida kitobxonlarga Ilhom Qahhorning" O'qing faqat yig'lamang" kitobi taqdimoti tashkil etildi, hamda kitоbxonlar o'zlari o'qigan asarlari haqida fikr almashishdi