"Ikki avlod uchrashuvi" nomli "Qarisi bor uyning parisi bor" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oybek MFY da istiqomat qiluvchi Toshbolta otaning xonadoniga tashrif buyurib, "Ikki avlod uchrashuvi" nomli "Qarisi bor uyning parisi bor" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar asari borasida bahs munozara oʻtkazildi. Shuningdek Toshbolta ota ham oʻzlari oʻqigan asarlari haqida aytib oʻtdilar.Davra suhbati barchaga birdek manzur boʻldi.