"Ijodkorlikka yo`l kitoblardan boshlanadi" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida "Ijodkorlikka yo`l kitoblardan boshlanadi" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirda 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalari bo`yicha targ`ibotchisi hamda maktabning iste`dodli yosh ijodkor o'quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan ijodkor o`quvchilarni ijod namunalari o`rganildi va o`quvchilar ijodidan namunalar tinglandi. O`quvchilar qiziqtirgan savollariga tadbir davomida javob oldilar.