"Ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha eng faol targ`ibotchi" Respublika ko`rik tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi.
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika ma`naviyat va marifat markazi Do`stlik tuman bo`linmasi hamkorlikda "Ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha eng faol targ`ibotchi" Respublika ko`rik tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi. Har bir ishtirokchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini aniqlab ball qo‘yildi. Bunda targ‘ibotchining ijodiy to‘garakda nechta bolani qamrab olgani, ular bilan olib borilayotgan ishlar sifati, maktabda nechta yosh shoir-yozuvchilar kashf etilgani, o‘quvchilar orasida kitobxonlik darajasi oshgani, adabiy kechalar, tanlovlar, uchrashuvlar, ijod maktablariga sayohatlar qay darajada tashkil etilgani, OAVda ularning yoritilgani, targ‘ibotchining shaxsiy ijodiy yutuqlariga e’tibor qaratiladi.Targ`ibotchilardan g`olib ishtirokchilar aniqlab olindi. Unga ko`ra 14-umumiy o`rta ta`lim maktabi targ`ibotchisi N.Shaygardanova g`olib deb topildi va keyingi bosqichga yo`l oldi. Tanlovning g`oliblari diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.