Ichki ishlar boʻlimida mavjud kitob fondi yangilanib, yangi adabiyotlar bilan almashtirildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona xizmati doirasida Ichki ishlar boʻlimida mavjud kitob fondi yangilanib, yangi adabiyotlar bilan almashtirildi.
Kitobxonlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda ommabop adabiyotlar taqdim etildi.
Mazkur tashabbus kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa doirasini kengaytirish hamda xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.


