"Ibratli hikoyalar" videoroliklar tanlovi ishtirokchilari munosib taqdirlandi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan o`tkazilgan "Ibratli hikoyalar" videoroliklar tanlovi o`z yakuniga yetdi. Ushbu tanlovga 30 ga yaqin ishtirokchilar o`zlarining ijodiy tayyorlagan videoroliklarini yubordi. Tanlov yakuniga ko`ra 1-o`rinni Sadriddinova Sarvinoz JDPU talabasi, 2-o`rinni Sindarov Rustam TDTU talabasi hamda 3-o`rinni Davletov Panjsher Doʻstlik tumani 1-maktab oʻquvchisi egalladilar. G`olib ishtirokchilarga AKM tomonidan diplom, kitoblar va konsert uchun bepul chiptalar tuhfa etildi.