“Hokim kubogi” doirasida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir — “Kitobxonlar maydoni” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Hokim kubogi” doirasida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir — “Kitobxonlar maydoni” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlov uchta yosh toifasida, yaʼni 10–14 yosh, 15–19 yosh hamda 20–30 yoshdagi kitobxonlar oʻrtasida oʻtkazilib, unda faol va bilimga chanqoq yoshlar ishtirok etdilar. Tanlov ikki bosqich (shart) asosida tashkil etilib, har bir ishtirokchi oʻzining mutolaa madaniyati, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniga ega boʻldi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bilimlar bellashuvi natijasida har bir yosh toifasi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unga koʻra:
* 1-oʻrin sohiblariga 1 000 000 soʻm,
* 2-oʻrin sohiblariga 800 000 soʻm,
* 3-oʻrin sohiblariga 500 000 soʻm miqdorida pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha kitobxon yoshlar ham eʼtibordan chetda qolmay, ularga 200 000 soʻmdan ragʻbatlantiruvchi mukofotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.




