"Hikmatlar shodasi jam bo`lgan maskan" nomli sayohat 18-umumiy o'rta talim maktabining o'quvchilari ishtirokida tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida rejalashtirilgan "Hikmatlar shodasi jam bo`lgan maskan" nomli sayohat 18-umumiy o'rta talim maktabining o'quvchilari ishtirokida tashkil etildi. Sayohat davomida o'quvchilar kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, boy kitob fondi hamda turli xil qiziqarli adabiyotlar bilan birga amalda yo`lga qo'yilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat jarayonida o'quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni asrab-avaylash, ulardan samarali foydalanish tartiblari ham tushuntirildi. O`quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.