"Har kuning Navro‘z bo‘lsin, Jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida yangilanish va yasharish bayrami - Navro‘z sayli bo`lib o`tdi.
Do`stlik tumanida 17-mart kuni soat 9:00 da tuman Markaziy o‘yingohida "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, Jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida yangilanish va yasharish bayrami - Navro‘z sayli bo`lib o`tdi. Navro‘z bayrami saylida milliy xalq o‘yinlari, milliy kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish hamda respublikamizda xizmat ko‘rsatgan taniqli el ardog‘idagi san’atkorlari tomonidan konsert dasturlari milliy ana`nalar, taomlar aks etgan ko`rgazmalar namoyish etildi. Bayram shodiyonalari yurtimiz bo`ylab davom etmoqda.