Har bir yangi kitobxon — kutubxonamiz uchun yangi quvonch, yangi umid va yangi imkoniyatdir.
Bugun kutubxonamizga yana bir guruh yangi kitobxonlar tashrif buyurib, kitoblar olamiga ilk qadamlarini qo‘ydilar. Ular kutubxona bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni izladilar, yangi bilimlar va qiziqarli asarlar haqida suhbatlashdilar.
Har bir yangi kitobxon — kutubxonamiz uchun yangi quvonch, yangi umid va yangi imkoniyatdir. Zero, kitobga mehr qo‘ygan insonning dunyoqarashi kengayadi, fikrlashi teranlashadi va kelajakka ishonchi ortadi.
Aziz kitobxonlar, sizlarni kutubxonamizda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz!


