Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan "El yuragidagi shoir" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tamonidan Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan "El yuragidagi shoir" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir 18-umumiy o`rta ta'lim maktabi o`quvchilari ishtirokida bo`lib o`tdi. Dastlab shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar berilib, so`ng tadbir she`riyat kechasi va kitoblar ko`rgazmasi bilan davom etdi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.