"Giyohvandlik umr zavoli" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi.
Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazida 26-iyun "Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Global o'quv markazi o'quvchilari o'rtasida "Giyohvandlik umr zavoli" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Do'stlik tumani TTB hamshirasi ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga suhbat mazmunini ochib berdi.Davra suhbati davomida ishtirokchilar bilan turli savol-javoblar o'tkazilib,fikrlari bilan o'rtoqlashildi.Davra suhbati juda qizg'in hamda bahs munozaraga boy tarzda tashkil qilindi va barchaga birdek manzur bo'ldi.