“G’ofur G’ulom” va “Sanoatchilar” mahallalari yoshlari o`rtasida “Zukko kitobxon” koʻrik tanlovi o‘tkazildi.
Doʻstlik tumani adliya bo`limi tomonidan Yoshlar ishlari bo`limi hamda Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida tumandagi qizil toifaga kirgan “G’ofur G’ulom” va “Sanoatchilar” mahallalari yoshlari o`rtasida “Zukko kitobxon” koʻrik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov yakunlariga koʻra 14-ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchisi Raxmatova Dilshoda Sherzod qizi 1-oʻrinni egalladi. Tuman adliya boʻilimi tomonidan g’olib bo`lgan yoshlarga diplom va esdalik sovg`alar topshirildi.