Festival doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida bilimdon yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Do‘stlik tumanidagi “Yoshlar shaharchasi” hududida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida keng qamrovli “Yoshlar festivali” hamda viloyat miqyosida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha mahallalardagi yigitlar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan DXX kubogi musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Festival doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida bilimdon yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan ushbu bahs jarayonida jamoalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Bilimdonlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi.



