“Farab” ilmiy-universal kutubxonasi vakillari Do‘stlik tumaniga tashrif buyurdilar.
Joriy yilning bugungi kunida Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi “Farab” ilmiy-universal kutubxonasi vakillari Do‘stlik tumaniga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida mehmonlar Yoshlar shaharchasida barpo etilgan “Renessans” maydoni bilan yaqindan tanishdilar.
Do‘stlik tumanida mehmonlarni hokimlik vakillari, faxriy nuroniylar, mahalla uyushmalari faollari, hududda istiqomat qilayotgan qardosh qozoq millatiga mansub fuqarolar hamda yoshlar samimiy va tantanali tarzda kutib oldilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, kutubxonachilik sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


