“Faol kutubxonachi” ko`rik tanlovi
2022-yil 3-noyabr sanasida INFOLIB O'ZBEKISTON-2022 XI Milliy Axborot-kutubxona haftaligining 3-kunida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot –kutubxona markazida tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o`rtasida “Faol kutubxonachi” ko`rik tanlovi o`tkazildi.Tanlov 15 nafar kutubxonachilar ishtirokida 2 shart asosida ya`ni axborot-kutubxona soxasiga oid qisqartma so`zlarni topish va test shaklda bo`lib o`tdi.Tanlov natijalariga ko`ra Do`stlik tuman AKMdan ishtirok etgan Narbayev O`tkir 1-o`rinni, Raximova Munira 2-o`rinni va Mirzacho`l tuman AKM xodimi 3-o`rinni egalladilar va turli naminatsiyalar bo`yicha faol qatnashgan ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandilar.