Faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi
Joriy yilning 28-mart sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi.Bellashuv davomida mantiqiy, qiziqarli asarlardan tuzilgan savollar oʻquvchilarga havola etildi.Ishtirokchilar ikki jamoaga "Shodlik" va "Zukkolar" jamoalariga boʻlinib, oʻzaro bellashishdi. Zakovat soʻngida "Shodlik" jamoasi yuqori ball to'plab g'oliblikni qo'lga kiritdi. Barcha oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.