Faol kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish,saqlash va ishlov berish xizmati tomonidan 18-oktabr sanasida faol kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma davomida jahon adabiyoti durdonalaridan "Tom tog‘aning kulbasi" kitobi mazmuni, undagi voqealar rivoji haqida o`quvchilarga tushunchalar berildi. Yangi kitoblar ko`rgazmasi barchaga birdek manzur bo`ldi.