Faol kitobxonlar ishtirokida "Buyuk hikoyanavis" nomli davra suhbati tashkil etildi
Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan buyuk yozuvchimiz Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi munosabati bilan "Tarixiy o'tmishni o'z asarlarida aks ettirgan yozuvchi "shiori ostida faol kitobxonlar ishtirokida "Buyuk hikoyanavis" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati avvalida kitobxonlarga Abdulla Qahhorning Toshkentdagi muzeyi,hayoti va ijodi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Uning "Sinchalak" va "Muhabbat" qissalari," Anor", "Bemor", "O'g'ri" va "Dahshat" hikoyalari haqida bahs-munozaralar o'tkazildi. Bu asarlar orasida "Bemor"hikoyasi o'quvchilarga yoritib berildi.O'quvchilarda bu asar yaxshi xulosa uyg'otdi.Davra suhbatida 10 nafar kitobxon faol ishtirok etdi.