“Faol kitobxonlar” foto lavhalari bilan tanishtirildi.
Joriy yilning 10-fevral kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilar “Faol kitobxonlar” foto lavhalari bilan tanishtirildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga kutubxonaga tez-tez tashrif buyurib, koʻproq kitob oʻqishlari zarurligi, shuningdek, faol kitobxonlar safidan joy olib, boshqalarga ham ibrat boʻlishlari kerakligi ta’kidlab oʻtildi.
📚Shuningdek, kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, nutq madaniyatini rivojlantirishi va dunyoqarashini kengaytirishi haqida tushunchalar berildi. Oʻquvchilar faol kitobxonlikning ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini ham bildirdilar. Tadbir yakunida oʻquvchilar uchun"Kutubxona - bilim va tarbiya maskani" mavzusida sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida ularga kutubxona boʻlimlari, yangi adabiyotlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.



