Faol kitobxon qizlari bilan "Ta'tilda kitob o'qing" nomli davra suhbati tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 9-15-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining faol kitobxon qizlari bilan "Ta'tilda kitob o'qing" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Suhbat davomida yangi adabiyotlar taqdimoti bo'ldi va yangi adabiyotlar ichida turk yozuvchisi Rauf Julasunning " Halol luqma" kitobi keng yoritib berildi.Shuningdek o'quvchilar bilan asar haqida qiziqarli bahs munozaralar ham bo‘lib o'tdi.